“Uzrailway” yuk jo’natish va qabul qilish bo’yicha tarif stavkalarini oshiradi

Stavkalar vagon turidan kelib chiqib 30%ga oshadi

“Uzrailway” yuk jo’natish va qabul qilish bo’yicha tarif stavkalarini oshiradi

Joriy yilning 1-dekabridan “O‘zbekiston temir yo‘llari” yuk jo’natish va qabul qilish bo’yicha tarif stavkalarini oshiradi. Bu haqda AJning matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli (inventar) vagonlarda yuk tashish tariflari vagon turidan (universal, maxsuslashtirilgan va sisterna) kelib chiqib, tarif stavkalaridagi vagon qismi 30% miqdorida oshirilishi ma’lum qilindi.

Narxning oshishi AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan yuk tashish xizmatlarida vagon qismiga bog‘liq xarajatlarni qisman qoplash hamda yuk vagon parkini yangilash sababli amalga oshirilmoqda. 

2024-yil 1-yanvardan yuk joʻnatuvchi va qabul qiluvchilarga koʻrsatilayotgan temir yoʻl transport-ekspeditorlik xizmatlari belgilangandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

My Freighter va Air Cargo APAC Shanhaydan Toshkent orqali Amsterdamga muntazam yuk reyslarini yo‘lga qo‘ydi
/
My Freighter va Air Cargo APAC Shanhaydan Toshkent orqali Amsterdamga muntazam yuk reyslarini yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekistonda avtomobil bozori rekord darajada o‘smoqda — ITIM
/
O‘zbekistonda avtomobil bozori rekord darajada o‘smoqda — ITIM
Markaziy bank 23 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalari qo‘lladi
/
Markaziy bank 23 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalari qo‘lladi