Taras Shevchenko-Said Baraka ko‘chalari kesishmasi foydalanishga topshiriladi
Haydovchilar 4-fevral soat 18:00 dan boshlab harakatlanishi mumkin
Mirobod tuman hokimligi
Taras Shevchenko ko‘chasida 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi ko‘ngilochar (gastronomik) ko‘chani tashkil etish bo‘yicha loyihaning ikkinchi bosqichida rejalashtirilgan ishlarning asosiy qismi yakunlangandi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan 4-fevral kuni soat 18:00 dan Taras Shevchenko ko‘chasi 94-umumta’lim maktabidan Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi barcha turdagi avtotransport harakatlanishi uchun ochilmoqda.
Avvalroq, Mirobod tumanida “Westminster” universiteti atrofidagi binolar demontaj qilingani haqida xabar berilgan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ