Ta’lim kreditlari faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydiganlar uchun beriladi

Hujjat 17-sentyabrdan kuchga kirdi

Ta’lim kreditlari faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydiganlar uchun beriladi

Vazirlar Mahkamasining 16-sentyabrdagi qaroriga muvofiq ta’lim krediti ajratishga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Lex.uz” ma’lumotlaridan ma’lum bo’ldi

Endilikda oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim kreditini faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Qarorga muvofiq, endilikda ta’alim kreditlari faqatgina kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydiga talabalar uchun beriladi.

Bundan tashqari OTM’larda tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatgichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80% qoplab beriladi. Ammo “ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno.

Ta’lim kreditini olishda kerak bo’ladigan barcha ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kontrakt.edu.uz va HEMIS axborot tizimida, o‘rta-maxsus va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun esa ular to‘g‘risidagi ma’lumot prof.edu.uz axborot tizimida mavjud bo‘lgan taqdirda ajratiladi.

Hujjat 17-sentyabrdan kuchga kirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari 15% ga oshadi
/
Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari 15% ga oshadi
O’zbekistonda ikki kunlik o’sishdan keyin dollar kursi pasayib ketdi
/
O’zbekistonda ikki kunlik o’sishdan keyin dollar kursi pasayib ketdi
“Inbazar” MChJ do’konlar tarmog’i ixtiyoriy tugatilish bosqichida
/
“Inbazar” MChJ do’konlar tarmog’i ixtiyoriy tugatilish bosqichida