O’zbekistonda biznes tadbirlarini o’tkazayotgan tadbirkorlar kamroq daromad solig’i to’laydilar
Ushbu tadbir kamida uch kun davom etishi va kamida 100 nafar chet ellik ishtirokchini jalb qilishi kerak
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O’zbekistonda kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchi qatnashgan biznes tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarlarga daromad solig’iga chegirmalar amal qiladi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha kamida 3 kun davom etadigan biznes tadbirlarni tashkil qilgan tadbirkorlar ushbu tadbirlardan olingan daromaddan olingan foyda soligʻini ushbu soliq boʻyicha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 50%ga kamaytirilgan soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.
Oldinroq Kapital.uz turizm sohasidagi tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan avtobuslar va mikroavtobuslar bojxona bojlaridan ozod etilishi yozgan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ