Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi

Jamg‘arma mablag‘lari $100 mln ekvivalentiga teng summaga yetkaziladi

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi

Avval xabar berilganidek, “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida Yoshlar ishlari agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi.

Jamg‘arma mablag‘lari belgilangan manbalar hisobidan $100 mln ekvivalentiga teng summaga yetkaziladi.

Jamg‘arma ko‘magida kamida 50 ming nafar yoshlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish uning faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Belgilangan daryo, kanal va sohil bo‘ylarida xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar va dam olish maskanlarini tashkil etish bo‘yicha biznes loyihalarni joylashtirish uchun o‘rnatilgan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish orqali yer uchastkalari ajratiladi.

Yoshlar ishlari agentligining Jamg‘armaga ajratiladigan mablag‘lari hisobidan Jamg‘arma huzurida ustav fondi $10 mln ekvivalentiga teng bo‘lgan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtiradigan venchur jamg‘arma tashkil etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident Buxoroda 7,8 mlrd dollarlik 145 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berdi
/
Prezident Buxoroda 7,8 mlrd dollarlik 145 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berdi
Buxoroda $105 mlnlik turizm markazi quriladi
/
Buxoroda $105 mlnlik turizm markazi quriladi
Centrum Air Toshkentdan Chelyabinsk va Tyumenga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
/
Centrum Air Toshkentdan Chelyabinsk va Tyumenga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi