O’zbekistonga o’n oyda tadbirkorlik maqsadida kelganlar 2,6 barobarga oshgan

Eng ko’p tashrif buyurganlar turkmanistonliklar bo’ldi

O’zbekistonga o’n oyda tadbirkorlik maqsadida kelganlar 2,6 barobarga oshgan

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekistonga tadbirkorlik maqsadida 133,1 ming nafar xorijiy fuqarolar tashrif buyurgan, bu ko’rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,6 barobarga ya’ni 81,2 ming nafarga oshgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Eng ko’p tashrif buyurganlar Turkmaniston fuqarolari bo’lgan – 88 ming kishi. Kuchli uchlikka Tojikiston (34 ming) va Afg‘oniston (2,6 ming) kirdi. Shuningdek quyidagi mamlakatlardan ham xorijliklar kelgan:

  • Afg’oniston — 2666 nafar;
  • Turkiya — 1120 nafar;
  • Xitoy — 1085 nafar;
  • Hindiston — 851 nafar;
  • Qirg’iziston — 755 nafar;
  • Janubiy Koreya — 608 nafar;
  • Rossiya — 410 nafar;
  • AQSh — 375 nafar;
  • boshqa davlatlar — 2047 nafar.

Bundan oldin, O’zbekistonga o’n oyda qancha sayyoh kelgani haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy Osiyo davlatlari 2026-yil uchun suv taqdimotini kelishib oldi
/
Markaziy Osiyo davlatlari 2026-yil uchun suv taqdimotini kelishib oldi
O‘zbekistonda kimyo mahsulotlari eksporti $1 mlrdga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda kimyo mahsulotlari eksporti $1 mlrdga yetkaziladi
2026-yildan boshlab QQS tushumlarining bir qismi mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi
/
2026-yildan boshlab QQS tushumlarining bir qismi mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi