Bir qator biznesmenlar tadbirkorlar kuni munosabati bilan taqdirlandilar
Mukofotlanganlar orasida “Safia”, “Evos”, “Ermak” ta'sischilari va boshqalar bor

Фото: Fotolia / pressmaster
14 avgust kuni prezident tadbirkorlar kuni munosabati bilan bir qator biznes vakillarini mukofotladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jami 37 nafar biznesmen tadbirkorlikni rivojlantirish, ushbu sohada yangi va istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda mamlakatning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishga qo’shgan hissasi uchun davlat mukofotlariga sazovor bo’ldi.
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlanganlar orasida “Parvoz Humo ravnaq Trans” kompaniyasi asoschisi Nurmuhamed Achilov va “Vadi Naslli paranda” fermer xo’jaligi boshqaruvchisi Baxirjon Turdaliyev bor.
Shuningdek, “Toshkent quvur zavodi” ta’sischilar kengashi raisi Leonid Galperin va “Krantas” korxonasi direktori Akmal Kerimovlar “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlandilar.
“Sofiya qandolat” asoschisi Bekzod Samidjonov va “Truck Profi” asoschisi Mirsaid Kamolov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandilar.
Bundan tashqari, “Shuhrat” medali bilan “Mak Food Servis” (Evos) asoschisi Xusamiddin Kayumov, “Nurafshon nur” xususiy korxonasi direktori Muxabbat Tashmuxamedova, “Silver Green Tea” direktori Eshonkulov Shokir Xamdamovich va boshqalar taqdirlandi.
Shuningdek, 104 nafar tadbirkor “Faol tadbirkor” nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog’ining tijorat direktori Mahmudov Sherzod Suryatovich ham bor, “Zafarxon” va “Ermak” savdo markasi asoschisi Solihov Valijon Kuchkarovich va “Toshkent to’qimachilik fabrikasi” direktori Zahidov Xojiakbar Mirsadikovich.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ