O’zbekiston OTMlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun super kontrakt narxlari tasdiqlandi

Ularning qiymati yo‘nalishlarga qarab 6 baravardan 19 baravargacha etib belgilandi

O’zbekiston OTMlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun super kontrakt narxlari tasdiqlandi

O’zbekiston OTMlarining 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, 56,7 balldan yuqori, ammo o’tish baliga 4,05 balldan ko’p ball yetmagan va o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan abituriyentlar birinchi o‘quv yili uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan ko‘proq bo‘lgan super-kontraktni to‘lash orqali o‘qishni davom ettirishlari mumkin.

Super-kontrakt qiymati tanlangan yo‘nalishga qarab farqlanadi. Eng hamyonbop yo‘nalishlar qatoriga arxeologiya, kimyo, geografiya, fizika, matematika, energetika muhandisligi kabi sohalar kiradi. Ushbu yo‘nalishlarda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 6 baravarini tashkil etadi.

Yurisprudensiya va davlat hamda jamiyat boshqaruvi sohalariga esa super-kontrakt miqdori bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 19 baravariga teng.

super-kontrakt narxlari

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
/
Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
/
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi
/
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi