Qashqadaryoda “Startup Garage” loyihasining yangi filiali ochildi

Loyiha orqali startap ekotizimi orqali yangi g’oyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan

Qashqadaryoda “Startup Garage” loyihasining yangi filiali ochildi

Qarshi shahrida “Startup Garage” loyihasining yangi filiali ochildi. Bu haqda IT-Park ma’lum qildi

Loyiha “AloqaBank”, “AloqaVentures” va “Startup Garage” tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning 12 ta hududini qamrab oladi. 

Ochilish marosimi ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi:

1-bosqichda Qarshi Yoshlar markazida o‘tkazilib, sanoat mutaxassislari ishtirokchilarga startaplarni rivojlantirish va investitsiya imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etdilar.

2-bosqichda esa tadbir “AloqaBank” binosida davom etdi va bu yerda “Startup Garage” filiali rasman ochildi. Ushbu zamonaviy innovatsion markaz startaplar uchun qulay infratuzilma va xizmatlarni taqdim etadi.

“Startup Garage” loyihasi yosh tadbirkorlar uchun zamonaviy kovorking hududlari, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish uchun muhit va startap ekotizimi orqali yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash borasida qulay imkoniyatlar yaratadi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

1-yanvardan barcha turdagi ishonchnomalarni onlayn rejimda tekshirish platformasi yaratiladi
/
1-yanvardan barcha turdagi ishonchnomalarni onlayn rejimda tekshirish platformasi yaratiladi
Germaniya kansleri: JST o‘z vazifasini bajarishni to‘xtatdi
/
Germaniya kansleri: JST o‘z vazifasini bajarishni to‘xtatdi
O‘zbekistonda dollar kursi keskin pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi keskin pasaydi