Endilikda tovarni kech yetkazgan sotuvchilar penya to‘laydi

Senat bu haqdagi qonun loyihasini ma’qulladi

Endilikda tovarni kech yetkazgan sotuvchilar penya to‘laydi

Senat 28-may kuni qonunchilikka sotuvchilarning oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishga undaydigan normalarni belgilovchi qo‘shimcha kiritilishini ma’qulladi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga isteʼmolchilardan kelib tushgan 30 ming 070 ta murojaatlarning 4 ming 213 tasida sotuvchilar tomonidan tovarlar (avtomobil, maishiy texnika, tayyor ovqat, mebel va boshqalar)ni kelishilgan muddatlarda yetkazib berilmaganidan norozi bo‘lgan.

Bundan tashqari, birgina avtomobil oldi-sotdisi bo‘yicha shartnomalarda ko‘rsatilgan muddatlarga rioya etilishi tizimli ravishda o‘rganilganda 5 ming 332 ta holatda sotuvchilar tomonidan avtomobillarni yetkazib berish muddatlari buzilishi aniqlangan.

Senatorlar ma’qullagan qonun bilan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga sotuvchilarni oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishga undaydigan normalarni belgilovchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Qonun bilan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotuvchi shartnomada belgilangan muddatda tovarni isteʼmolchiga yetkazib bermagan taqdirda sotuvchi kechiktirilgan har bir vaqt birligi (shartnomada ko‘rsatilgan daqiqa, soat, kun) uchun majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5% miqdorida isteʼmolchiga penya to‘lashi, biroq bunda penyaning umumiy summasi topshirilmagan tovar bahosidan oshib ketmasligi kerakligi aniq belgilab qo‘yilmoqda.

Bunda penyani to‘lash shartnoma majburiyatlarini buzgan sotuvchi tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to‘liq yetkazib bermaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmasligi belgilanyapti. Bundan tashqari, sotuvchi tovarlarni iste’molchiga topshirishning kechikishi iste’molchining aybi bilan sodir bo‘lganini isbotlasa, penya to‘lashdan ozod etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu qonun deputatlar tomonidan 2025-yil 5-yanvaridada ikkinchi o’qishda qabul qilingandi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM