Soliq to‘lovchilarga yanvar-oktyabr oylarida 18,5 trln so’m QQS qaytarilgan

Bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 19,8% ga oshgan

Soliq to‘lovchilarga yanvar-oktyabr oylarida 18,5 trln so’m QQS qaytarilgan

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida jami 8 693 ta ariza bo‘yicha 4 520 ta tashkilotga 18 494,5 mlrd so‘m QQS(qo’shilgan qiymat solig’i) qaytarilgan. Bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 19,8% ga oshgan.

Qaytarilgan QQS sohalarning sohalar kesimidagi eng yuqori ko’rsatkich ishlab chiqarish sanoatiga to’g’ri kelgan — 12 220,8 mlrd so‘m. Keyingi o’rinni xizmat ko‘rsatish sohasi 2 643,3 mlrd so‘m bilan egallagan. Uchinchi o’rinda savdo sohasi — 1 098,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, boshqa sohalarda quyidagicha ko’rsatkichga ega:

  • qurilish — 662,8 mlrd so’m;
  • qishloq xo’jaligi — 518,2 mlrd so’m;
  • transport xizmati — 485,3 mlrd so’m;
  • vakolatxonalar — 73,8 mln so’m;
  • axborot va aloqa — 14,5 mln so’m;
  • boshqa sohalar — 777,6 mlrd so’m.

Shuningdek, yanvar-oktyabr oylarida 1544 ta eksportchi korxonalarda jami 4,5 mingdan ziyod ariza bo’yicha 4,4 mlrd so’m QQS qaytarilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini $1 mlrddan ortiqqa eksport qildi
/
O’zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini $1 mlrddan ortiqqa eksport qildi
O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi $54,4 mlrdga yetdi
/
O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi $54,4 mlrdga yetdi
“Mikrokreditbank” tomonidan parrandachilik sohasiga 635 mlrd so‘m kredit ajratildi
/
“Mikrokreditbank” tomonidan parrandachilik sohasiga 635 mlrd so‘m kredit ajratildi