Toshkent shahar hokimligi sobiq “Toshkent” mehmonxonasi buzilmasligini ma’lum qildi

Shuningdek, xodimlar ishdan bo‘shatilmagan

Toshkent shahar hokimligi sobiq “Toshkent” mehmonxonasi buzilmasligini ma’lum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq “Toshkent” mehmonxonasi buzilishi rejalashtirilayotgani va barcha xodimlar ishdan bo‘shatilgani haqida tarqalgan ma’lumotlar asossiz ekani ma’lum qilindi. Hozirda mazkur bino Lotte City Hotel Tashkent Palace nomi bilan faoliyat yuritmoqda.

Toshkent shahar hokimiyati vakili Gulnoza Qosimova Toshkent Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi hamda mehmonxona ma’muriyatiga tayanib, bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi. Poytaxt hokimligi ham Facebook’dagi “buzilish” haqidagi postlarga munosabat bildirib, sobiq “Toshkent” mehmonxonasi buzib tashlanmasligini tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, “Toshkent” mehmonxonasi me’morlar Mitxat Bulatov va Leonid Karash tomonidan loyihalashtirilgan bo‘lib, yuqori martabali mehmonlar va rasmiy delegatsiyalarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan. U poytaxtda suzish havzasiga ega bo‘lgan ilk mehmonxona hisoblanadi.

Mehmonxona 1958-yil oktabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining xalqaro konferensiyasi munosabati bilan ochilgan. 2003-yilda u Fransiyaning Le Meridien tarmog‘i boshqaruviga o‘tkazilgan, 2013-yildagi rekonstruksiyadan so‘ng esa Lotte mehmonxonalar tarmog‘i tasarrufiga berilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ikkita tumanda “in-vitro” laboratoriyalaridan iborat majmualar quriladi
/
Ikkita tumanda “in-vitro” laboratoriyalaridan iborat majmualar quriladi
E-auksion direktori Davaktiv rahbari etib tayinlandi
/
E-auksion direktori Davaktiv rahbari etib tayinlandi
O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni boshqarish raqamlashtiriladi
/
O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni boshqarish raqamlashtiriladi