Singapour kompaniyasi O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonani tashkil etadi

Shuningdek, Toshkent viloyatida 1,8 mingta ish o‘rniga ega agro-sanoat loyihasini amalga oshiriladi

Singapour kompaniyasi O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonani tashkil etadi

14-avgust kuni Investitsiyalar vaziri Laziz Kudratov Singapurga tashrif doirasida Singapore Cooperation Enterprise, Sembcorp Industries va Wilmar International rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko’ra, O‘zbekistonning maxsus iqtisodiy zonalarida samaradorlikni oshirish dasturini ishlab chiqish, bunda “yagona oyna” mexanizmi, unifikatsiyalangan boshqaruv standartlari, CRM platformasi va zamonaviy infratuzilmani joriy etish, shuningdek, strategik investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Singapur modeli asosida pilot maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish tashabbusi muhokama qilindi. Buning uchun qo‘shma ekspertlar guruhi shakllantiriladi.

Yana bir muhim kelishuvlardan biri — Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanida 1,8 mingta ish o‘rni yaratish imkonini beruvchi agro-sanoat loyihasini amalga oshirish bo‘yicha choralar belgilandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda kunlik ish haqi to‘lash tartibi joriy etiladi
/
O‘zbekistonda kunlik ish haqi to‘lash tartibi joriy etiladi
Starlink 2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishni rejalashtirmoqda
/
Starlink 2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishni rejalashtirmoqda
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi (ro‘yxat)
/
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi (ro‘yxat)