Silk Road Samarkand turizm markazida kanat yo‘li qurilishi boshlandi

Kanat yo‘li 35 kabinadan iborat bo‘lib, soatiga 1,5 ming nafargacha yo‘lovchi sig'imiga ega

Silk Road Samarkand turizm markazida kanat yo‘li qurilishi boshlandi

Silk Road Samarkand (“Buyuk ipak yo‘li”) xalqaro turizm markazi hududi bo‘ylab kanat yo‘llari tashkil etish bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, loyiha hududning turistik jozibadorligini yanada oshirish hamda mehmonlar uchun qulay va zamonaviy transport infratuzilmasini yaratishga qaratilgan.

Loyihaga ko‘ra, kanat yo‘lining umumiy uzunligi 1,7 ming metrni tashkil etadi. Tizim 35 ta kabinadan iborat bo‘lib, har bir kabina 10 nafargacha yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega. Kanat yo‘lining harakat tezligi 5 metr/sekund bo‘lib, o‘tkazuvchanlik quvvati soatiga 1,5 ming nafargacha yetadi.

Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida hudud bo‘ylab harakatlanish qulaylashadi, sayyohlar uchun qo‘shimcha manzara va dam olish imkoniyatlari yaratiladi. Shuningdek, kanat yo‘li turizm infratuzilmasini rivojlantirishga hamda hududga tashrif buyuruvchilar sonini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda soliq organlari xodimlari daromadlari deklaratsiya qilinadi
/
O‘zbekistonda soliq organlari xodimlari daromadlari deklaratsiya qilinadi
Centrum Air IPO oldidan $2 mlrdga baholanishi kutilmoqda
/
Centrum Air IPO oldidan $2 mlrdga baholanishi kutilmoqda
IT Park Ventures Smartup platformasiga $1 mln investitsiya kiritdi
/
IT Park Ventures Smartup platformasiga $1 mln investitsiya kiritdi