O‘zbekiston Shvetsariyaning yirik oltin yetkazib beruvchilaridan biriga aylandi

Mamlakat yarim yilda $4,3 mlrd qiymatidagi oltin eksport qilib, Avstraliyani ortda qoldirgan

O‘zbekiston Shvetsariyaning yirik oltin yetkazib beruvchilaridan biriga aylandi

2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Shvetsariyaga oltin yetkazib beruvchi eng yirik besh mamlakat qatoriga kirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Mamlakatning oltin eksporti $4,3 mlrdga yetib, Avstraliyani ortda qoldirgan.

Shvetsariya jahon bozorida 6 oy davomida jami $95,1 mlrdlik oltin xarid qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 baravar ko‘pdir. Yirik yetkazib beruvchilar orasida AQSh ($19,2 mlrd), BAA ($17,6 mlrd), Kanada ($4,5 mlrd) va Avstraliya ($4,4 mlrd) yetakchilik qilmoqda. O‘zbekiston esa beshinchi o‘rinni egalladi.

Bunday talabning oshishi Shvetsariyaning dunyodagi eng yirik oltin qayta ishlash va savdo markazlaridan biri bo‘lib qolayotgani bilan bog‘liq.

Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, oltin qazib olish bo‘yicha jahon reytingida 10-o‘rinni egallagan. Yil boshidan buyon mamlakat 129 tonna oltin qazib oldi. Bu umumiy jahon ko‘rsatkichining 3,5% ini tashkil etadi.

Avgust oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor $50 mlrddan oshgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida $400 mlnlik shartnomalar imzolandi
/
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida $400 mlnlik shartnomalar imzolandi
Uzbekistan Airways va “O‘zavtosanoat” rahbarlari vakolati uzaytirildi
/
Uzbekistan Airways va “O‘zavtosanoat” rahbarlari vakolati uzaytirildi
Markaziy bank: fintex-servislarda JShShIR va telefon raqamlarini tekshirish faqat yangi foydalanuvchilarga ta’sir qiladi
/
Markaziy bank: fintex-servislarda JShShIR va telefon raqamlarini tekshirish faqat yangi foydalanuvchilarga ta’sir qiladi