O‘zbekistondan Shengen vizasiga arizalar soni 2024-yilda 26% ga oshdi

Eng ko‘p murojaatlar Germaniyaga to‘g‘ri kelgan

O‘zbekistondan Shengen vizasiga arizalar soni 2024-yilda 26% ga oshdi

2024-yilda o‘zbekistonliklar Shengen vizasi uchun 58,6 mingdan ziyod ariza topshirgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 26,2% ko‘pdir. SchengenVisaInfo.com ma’lumotlariga ko‘ra, bu so‘nggi o‘n yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

2024-yil davomida O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Shengen vizasi olish uchun topshirilgan arizalar soni sezilarli darajada oshib, 87,3% holatda ijobiy natija bilan yakunlangan. Umumiy hisobda 51,6 mingta viza berilgan, biroq 9,2 mingdan ortiq ariza rad etilgan — bu o‘tgan yilga nisbatan 1,2 mingtaga ko‘proq.

Eng ko‘p murojaatlar Germaniyaga to‘g‘ri kelgan — jami 19,3 mingta ariza. Shulardan 15,2 mingtasi ma’qullangan, 3,8 mingga yaqin arizaga viza berish rad etilgan. Germaniyadan keyin Fransiya, Italiya va Bolgariya eng ko‘p murojaat qilingan davlatlar qatoriga kiradi.

Rad etish darajasi eng yuqori bo‘lgan davlat — Polsha, bu mamlakat O‘zbekiston fuqarolari topshirgan arizalarning 69,2% ini rad etgan.

O‘zbekistonlik arizachilar tomonidan Shengen vizalari uchun to‘langan yig‘imlar umumiy hisobda 4,7 mln yevroni tashkil qilgan. Shundan 740 ming yevro rad etilgan arizalar bo‘yicha sarflangan.

So‘nggi 10 yil ichida O‘zbekistondan Shengen vizalari uchun to‘langan xarajatlar 26 mln yevrodan oshgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Rossiyada Telegram’ning $500 mlnlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yildi
/
Rossiyada Telegram’ning $500 mlnlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yildi
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $75,4 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $75,4 mlrdga yetdi
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi
/
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi