Sharqshunoslik universiteti yaqinida turar-joy majmuasi qurilishi taklif qilindi

Loyiha qiymati $180 mlnni tashkil qilmoqda

Sharqshunoslik universiteti yaqinida turar-joy majmuasi qurilishi taklif qilindi

“O‘zbekiston 24” telekanalining ma’lum qilishicha, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yaqinida $180 mlnlik yirik turar-joy majmuasini qurish taklif etilgan.

Loyiha tashabbuskori — “Xamkar Inshaat” xususiy kompaniyasi bo‘lib, u 2021-yil oktyabrda Davgeologiya qo‘mitasining Mineral resurslar ilmiy-tadqiqot instituti sobiq binolar majmuasini 71,6 mlrd so‘mga, 2022-yil aprelda esa Davgeologiya qo‘mitasi binosini 124,75 mlrd so‘mga sotib olgan.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining bosh rejasi saytida keltirilishicha, loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallangan Mingo‘rik mahallasining katta qismi konservatsiya zonasiga (Sharqshunoslik universiteti) kiradi, faqat kichik qismi rekonstruksiya zonasiga to‘g‘ri keladi.

жилье, строительство, ташкент

4 gektar maydonni egallovchi loyihada 10 ta bino qurilishi rejalashtirilgan. Ularda 1 ming 371 ta xonadon joylashadi, bu esa 5 ming 486 nafar aholiga mo‘ljallangan. Eng baland bino — 30 qavatli. Loyiha zilzilabardoshlik (8 ballgacha), gidrogeologik, sanitariya-epidemiologik va yong‘in xavfsizligi talablariga javob beradi.

Shuningdek, loyiha hududida 540 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi va 1,2 ming o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab qurilishi ko‘zda tutilgan. Xizmat ko‘rsatish obyektlari maydoni 60 ming kvadrat metrni tashkil etadi va bu yerda 3 ming ish o‘rni yaratiladi.

Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi xarajatlari quyidagicha belgilangan:

  • 2,7 mlrd so‘m — elektr ta’minoti (podstansiyani rekonstruksiya qilish);
  • 59 mlrd so‘m — issiqlik ta’minoti;
  • 1,7 mlrd so‘m — suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi;
  • gaz ta’minoti loyiha doirasida ko‘zda tutilmagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
/
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
Toshkent metropolitenining 13 ta bekatida kassalar yopildi
/
Toshkent metropolitenining 13 ta bekatida kassalar yopildi