“Sharq Tubes” kompaniyasi $5 mlnlik eksport shartnomalari imzoladi

Kompaniya mis quvurlar va fitinglar eksporti bo‘yicha Yevropa bozoriga chiqishni kengaytirmoqda

“Sharq Tubes” kompaniyasi $5 mlnlik eksport shartnomalari imzoladi

“O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “Sharq Tubes” korxonasi Italiyaning Milan shahrida o‘tkazilgan Mostra Convegno Expocomfort (MCE) 2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etib, $5 mln miqdorida eksport shartnomalarini imzoladi.

Ko‘rgazma doirasida korxona yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar — mis quvurlar va fitinglarni taqdim etdi. Taqdimotlar davomida mahsulotlarning texnik ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish quvvatlari va sifat standartlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida kompaniya vakillari bir qator xalqaro hamkorlar bilan muzokaralar olib bordi. Natijada Yevropa va boshqa mintaqalardagi kompaniyalar bilan umumiy qiymati $5 mln bo‘lgan eksport kelishuvlariga erishildi.

Ushbu kompaniya 2025-yilda Yveropaga $11 mln qiymatidagi mahsulot yetkazib bergan, 226-yilda esa $15 mlnlik mahsulot yetkazish rejalashtirilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yangi “Kredit xabarnoma” xizmati ishga tushirildi
/
O‘zbekistonda yangi “Kredit xabarnoma” xizmati ishga tushirildi
NKMKning sof foydasi 2025-yilda rekord darajaga — $3,5 mlrdga yetdi
/
NKMKning sof foydasi 2025-yilda rekord darajaga — $3,5 mlrdga yetdi
O‘zbekistonda propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniyaga jarima qo‘llandi
/
O‘zbekistonda propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniyaga jarima qo‘llandi