“Sharg‘un koʻmir” kompaniyasining 99,55% ulushi xususiylashtirishga qo‘yildi

Savdolarda ishtirok etish uchun arizalar 14-noyabrgacha qabul qilinadi

“Sharg‘un koʻmir” kompaniyasining 99,55% ulushi xususiylashtirishga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Sharg‘un koʻmir” kompaniyasining 99,55% aksiyalarini xususiylashtirish bo‘yicha ochiq savdolar boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat ulushi bo‘lgan ushbu ko‘mir qazib chiqaruvchi korxona aksiyalari ochiq savdoga qo‘yiladi. Potensial investorlar kompaniyaning 99,55% aksiyalarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bitim bo‘yicha maslahatchi sifatida “Alkes Research” kompaniyasi ishtirok etmoqda. U shuningdek, “Sharg‘un koʻmir” kompaniyasining xususiylashtirish jarayonini ham hamroh qilmoqda. Savdolarda mahalliy hamda xorijiy investorlar ishtirok etishi mumkin.

Birinchi bosqichda ishtirokchilar o‘z qiziqishini bildiruvchi ariza topshirishlari kerak bo‘ladi. Arizada kompaniya haqida ma’lumotlar, uning aksiyadorlari va manfaatdor shaxslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, so‘nggi uch yil uchun moliyaviy hisobotlar bo‘lishi zarur. Hujjatlar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida 14-noyabr soat 23:59 gacha info@alkes.co elektron manziliga yuborilishi lozim.

Barcha arizalar mezonlarga muvofiqligi bo‘yicha tekshiriladi — jumladan, xaridni amalga oshirish uchun yetarli moliyaviy resurslar mavjudligi va AQSh, Yevropa Ittifoqi yoki xalqaro taraqqiyot banklari sanksiyalari ostida emasligi inobatga olinadi.

Saralashdan o‘tgan nomzodlar majburiy taklif taqdim etishlari va taklif etilgan qiymatning kamida 1% miqdorida garov summasini to‘lashlari kerak bo‘ladi. Ularga shuningdek, kompaniyani sotib olish va keyingi faoliyat shartlarini o‘z ichiga olgan shartnoma loyihasi taqdim etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi