13.11.2024 | 11:14
BAA kompaniyasi Navoiyda 1000 megavattlik shamol elektr stansiyasini quradi
Stansiya yiliga 3,5 mlrd kVt/soat energiya ishlab chiqaradi

Oʻzbekiston energetika vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) “Masdar” kompaniyasi Navoiy viloyatida Uchquduq tumanida shamol elektr stansiyasini qurish boʻyicha shartnoma imzoladi. Bu haqda energetika vazirligi xabar berdi.
Ob’ektning quvvati 1000 megavattni tashkil qiladi. Bu loyiha amalga oshirilishi orqali 800 tagacha ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Elektr stansiyasi har yili 3,5 milliard kVt/soat energiya ishlab chiqaradi. Bu nafaqat energiyani tejash, balki atmosferaga chiqindilarni yiliga 1,4 mln tonnaga kamaytirish imkonini beradi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ