Endilikda mahalliy ishlab chiqarilgan tovar sertifikati xarajatlari qoplab beriladi

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” tomonidan murojaatlar 7 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi

Endilikda mahalliy ishlab chiqarilgan tovar sertifikati xarajatlari qoplab beriladi

Hukumatning 2025-yil 29-dekabrdagi 835-son qarori bilan “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, 2025-yil 27-maydagi PQ–193-son qarorga muvofiq, “O‘zbekekspertiza” AJ tomonidan mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlarining mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgani aniqlanadi hamda bu jarayon uchun to‘lov undirilmaydi. Ushbu mahsulotlar bo‘yicha mahalliy ishlab chiqarilganlik to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar uning amal qilish muddati davomida bir marta kompensatsiya qilib beriladi.

Buning uchun vakolatli organ har hafta yakunida tegishli ma’lumotlar keltirilgan reyestrni kompaniyaga taqdim etadi. Reyestr elektron tarzda subsidiya.epauzb.uz platformasi orqali yuboriladi.

Kompensatsiya olish bo‘yicha murojaat kompaniya tomonidan kelib tushgan kundan boshlab 7 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va xarajatlarni qoplab berish yuzasidan qaror qabul qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Rossiyada Telegram’ning $500 mlnlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yildi
/
Rossiyada Telegram’ning $500 mlnlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yildi
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $75,4 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $75,4 mlrdga yetdi
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi
/
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi