Toshkentdagi Sergeli City turar-joy majmuasi qurilishi to‘xtatildi

Qurilish vazirligi ayrim bloklar hujjatlarsiz va ruxsatsiz qurilayotgani aniqlagan

Toshkentdagi Sergeli City turar-joy majmuasi qurilishi to‘xtatildi

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida joylashgan Surum mahallasida qurilayotgan Sergeli City turar-joy majmuasi qurilish ishlari vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Majmua holati va tegishli loyiha hujjatlari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi. Tekshiruv davomida ayrim bloklar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan, hujjatlarsiz va ruxsatsiz qurilayotgani aniqlandi.

Shuningdek, monitoring jarayonida boshqa bloklarda ham xavfsizlik talablari buzilgani, yuk ko‘taruvchi beton yuzalarda g‘ovaklar mavjudligi, drenaj tizimi o‘rnatilmagani va obyekt ostida suv to‘planib qolganligi qayd etildi.

Ushbu holatlar sabab, mazkur bloklarda qurilish ishlari to‘liq huquqiy asosda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar to‘xtatib turilishi belgilandi. Inspeksiya developerga quyidagilar bo‘yicha yozma topshiriqlar berdi: sifatsiz bajarilgan qismlarni buzish, ishchilar xavfsizligini to‘liq ta’minlash hamda zarur drenaj tizimlarini o‘rnatish. Belgilangan ishlar belgilangan muddatda bajarilishi shart qilib qo‘yildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Uzum” Ummon suveren jamg‘armasidan $130 mln dan ortiq investitsiya jalb qildi
/
“Uzum” Ummon suveren jamg‘armasidan $130 mln dan ortiq investitsiya jalb qildi
O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyati yana cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyati yana cheklandi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari $77,09 mlrdga yetdi
/
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari $77,09 mlrdga yetdi