ILMA “Semurg Insurance” sug’urta kompaniyasini yana jarimaga tortdi

Shuningdek, kompaniya litsenziyasi 10 kunga to'xtatildi

ILMA “Semurg Insurance” sug’urta kompaniyasini yana jarimaga tortdi

O’zbekiston istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Semurg Insurance” sug’urta kompaniyasiga moliyaviy ko’rsatkichlar Qonunchilik normalariga mos kelmagani uchun yana 31,5 mln so’m jarima soldi.

Bundan tashqari, kompaniyaning 2023-yil 26-sentabrda berilgan litsenziyasi 2024-yil 15-oktabrdan boshlab 10 kunga to’xtatildi. Ushbu davrda kompaniyaga yangi sug’urta shartnomalarini tuzish va amaldagi shartnomalarni uzaytirish taqiqlangan. Shu bilan birga, u allaqachon tuzilgan shartnomalar bo’yicha majburiyatlarni bajarishi shart.

Eslatib o’tamiz, ILMA “Semurg Insurance”ga qarshi jazo choralarini qo’llagan va jarima miqdori 45 million so’mni tashkil etgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sherzodxon Qudratxo‘ja Milliy media assotsiatsiyasi rahbari lavozimini tark etdi
/
Sherzodxon Qudratxo‘ja Milliy media assotsiatsiyasi rahbari lavozimini tark etdi
“O‘zbekneftgaz”da investitsiyalar samaradorligini nazorat qiluvchi qo‘mita tuzildi
/
“O‘zbekneftgaz”da investitsiyalar samaradorligini nazorat qiluvchi qo‘mita tuzildi
Farmatsevtika va dorivor o‘simliklar loyihalariga soliq imtiyozlari beriladi
/
Farmatsevtika va dorivor o‘simliklar loyihalariga soliq imtiyozlari beriladi