Qashqadaryoda $300 mlnlik sayyohlik zonasi quriladi

Loyiha xarajatlari investitsiya hisobiga amalga oshiriladi

Qashqadaryoda $300 mlnlik sayyohlik zonasi quriladi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida Gelon sayyohlik obyekti qurilishi boshlanadi. Bu haqda Prezident qarori imzolandi.

Loyihaning umumiy qiymati $300 mlnni tashkil qiladi. Investitsiya loyihasi doirasida investor investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xatarlarni o’z zimmasiga olgan holda $300 mln miqdoridagi dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi.

Xususan, birinchi bosqich 2027-yil 1-yanvargacha $100 mln miqdorida investitsiya kiritilishi evaziga amalga oshiriladi. Buning uchun Shahrisabz tumanida 2,9 ming gektar yer maydoni ajratiladi.

Eslatib o’tamiz, o’tgan yilning oktabr oyida loyihani amalga oshirish yuzasidan Rossiya bilan kelishuvga erishilgan edi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi
/
Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi
“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi
/
“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi
Yil davomida import qilingan telefonlar qiymati $346,5 mlnni tashkil qildi
/
Yil davomida import qilingan telefonlar qiymati $346,5 mlnni tashkil qildi