O‘zbekistonliklar Qozog‘istondagi sayohatlarga $800 mingdan ortiq sarflagan

Asosiy xarajatlar yo’l haqi, ovqatlanish va xaridlarga to’g’ri kelmoqda

O‘zbekistonliklar Qozog‘istondagi sayohatlarga $800 mingdan ortiq sarflagan

Joriy yilda o‘zbekistonlik sayyohlar Qozog‘istonda jami 392,8 mln tenge ($805,3 ming) sarfladi. Bu haqda “Finprom” portali xabar berdi.

2023-yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 20%ga kamaygan.

Xorijliklar asosan xalqaro yo’nalishdagi samolyotlar, poyezdlar va avtobuslarga chipta sotib olishga pul sarflashgan. Keyingi asosiy xarajatlarga kafe yoki restoranlarda oziq-ovqat uchun hamda qo’shimcha xaridlar tashkil etmoqda. 

Shuningdek, eng ko‘p kirimlar Olmaotada qayd etilmoqda. Ushbu ko’rsatkich shahar iqtisodiyoti umumiy xarajatlarining 21,5%ni tashkil etdi. Bu shaharning janubiy poytaxtligi va uning tog‘li kurortlari xorijliklar orasida eng mashhur sayyohlik maskani ekanligi bilan bog‘liq bo’ldi.

Quyida Qozog‘istonda fuqarolari eng ko‘p pul sarflagan yetakchi davlatlar keltirilgan:

  • Rossiya – 1,8 mlrd tenge ($3,69 mln);
  • O’zbekiston – 392,8 mln tenge ($805,3 ming);
  • Turkiya – 299,7 mln tenge ($614,4 ming);
  • Qirg‘iziston – 195,4 mln tenge ($400 ming);
  • Xitoy – 184,4 mln tenge ($378 ming).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi
/
Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi
“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi
/
“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi
Yil davomida import qilingan telefonlar qiymati $346,5 mlnni tashkil qildi
/
Yil davomida import qilingan telefonlar qiymati $346,5 mlnni tashkil qildi