“Uzbekistan Airways” Sankt-Peterburg uchun reyslar jadvalini o‘zgartirdi

Aeroport yopilganligi sababli parvoz soatlari yangilangan

“Uzbekistan Airways” Sankt-Peterburg uchun reyslar jadvalini o‘zgartirdi

7-iyul kuni Sankt-Peterburg aeroporti hududida parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida havo hududi vaqtincha yopilishi munosabati bilan “Uzbekistan Airways” ning Sankt-Peterburgga ba’zi reyslari jadvali o‘zgartirildi.

7-iyul kuni HY9639 qatnovi quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • Samarqanddan uchish soat 22:55 da, Sankt-Peterburgga yetib borish 8-iyul kuni soat 02:05 da.

8-iyul kuni HY9638, HY9637, HY9642 va HY9641 qatnovlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

  • HY9638 Sankt-Peterburgdan uchish soat 03:15 da, Urganchga yetib borish soat 09:35 da;
  • HY9637 Urganchdan uchish soat 10:45 da, Sankt-Peterburgga yetib borish soat 13:25 da;
  • HY9642 Sankt-Peterburgdan uchish soat 14:35 da, Buxoroga yetib borish soat 21:30 da;
  • HY9641 Buxorodan uchish soat 22:40 da, Sankt-Peterburgga yetib borish 9-iyul kuni soat 01:50 da.

9-iyul kuni HY9638, HY9637, HY9712 va HY070 qatnovlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

  • HY9638 Sankt-Peterburgdan uchish soat 03:05 da, Urganchga yetib borish soat 09:25 da;
  • HY9637 Urganchdan uchish soat 10:35 da, Sankt-Peterburgga yetib borish soat 13:15 da;
  • HY9642 Sankt-Peterburgdan uchish soat 14:25 da, Termizga yetib borish soat 21:35 da;
  • HY070 Termizdan uchish soat 22:35 da, Toshkentga yetib kelish soat 23:45 da.

Parvoz vaqti mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston YAIM 6,7–6,8% atrofida shakllanishi kutilmoqda — Moliya vazirligi
/
O‘zbekiston YAIM 6,7–6,8% atrofida shakllanishi kutilmoqda — Moliya vazirligi
MTZ O‘zbekistonga 3 mingdan ortiq traktor va butlovchi qismlar yetkazadi
/
MTZ O‘zbekistonga 3 mingdan ortiq traktor va butlovchi qismlar yetkazadi
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
/
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi