2030-yilgacha Samarqand viloyatiga $6,8 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Hududning YAHM hajmi 165 trln so‘mgacha oshiriladi va “Samarkand Invest Company” ishga tushiriladi

2030-yilgacha Samarqand viloyatiga $6,8 mlrd investitsiya jalb qilinadi

2025-yil 7-avgust kuni Prezidentning “Samarqand viloyatini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, viloyatning yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 165 trln so‘mgacha yetkaziladi, sanoat va servis yo‘nalishidagi loyihalar bo‘yicha $6,8 mlrdlik investitsiyalar jalb qilinadi hamda sanoat mahsulotlari, xizmatlar va turistik takliflar eksporti hajmi $3,5 mlrdgacha oshiriladi.

Viloyat hokimligi huzurida “Samarkand Invest Company” tashkil etiladi. U davlat va biznes o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini bajaradi. Kompaniyaning turli yo‘nalishlardagi loyiha ofislarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibini uning ta’sischisi belgilaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklar yangi yil arafasi ketma-ket 5 kun dam oladi
/
O‘zbekistonliklar yangi yil arafasi ketma-ket 5 kun dam oladi
Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
/
Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Anor Bank aksiyalarining 50%i niderlandiyalik investor tasarrufiga o‘tdi
/
Anor Bank aksiyalarining 50%i niderlandiyalik investor tasarrufiga o‘tdi