14.8.2024 | 13:43
Ruslar orasida O’zbekiston mashhur yo’nalishlardan biriga aylandi
Birinchi o’rinda esa Gretsiya

Ruslar orasida O’zbekiston mashhur top-8 ta sayyohlik yo’nalishi qatoriga kirdi. Bu haqda “Lenta” xabar beradi.
Ma’lumotlarga ko’ra, eng uzoq ta’til Gretsiyaga to’g’ri keladi — aksariyat ruslar u yerda ikki hafta o’tkazishni rejalashtirishadi.
Keyingi eng uzoq davom etadigan sayohat Ispaniyaga — 13 kun, Bolgariya, Vengriya, Italiya — 12 kun, Tailand va Frantsiya — 11 kun, O’zbekiston — 10 kun.
Eslatib o’tamiz, joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida O’zbekistonga sayyohlik maqsadida 364,5 ming Rossiyalik kelgani haqida yozgan edik.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ