Rossiyalik tadbirkor Yevgeniy Chichvarkin Toshkentda restoran va sharob do’koni ochishni rejalashtirmoqda

Ikkala muassasa ham tadbirkorning O'zbekistondagi birinchi loyihalari bo'ladi

Rossiyalik tadbirkor Yevgeniy Chichvarkin Toshkentda restoran va sharob do’koni ochishni rejalashtirmoqda

Rossiyalik tadbirkor Yevgeniy Chichvarkin Toshkentda “Hide” restorani va “Hedonism Wines” sharob butikini ochishni rejalashtirmoqda.

Chichvarkin “Yevroset” tarmog’ining sobiq hammuassisi, shuningdek, “Soyuz pravix sil” muxolifat partiyasining Moskva bo’limi rahbarlaridan biri sifatida mashhur. 2008 yildan beri u Buyuk Britaniyada istiqomat qiladi, u yerda o’zining “Hedonism Wines” spirtli ichimliklar do’koni va Londonning nufuzli Mayfair tumanida joylashgan “Hide” restoranini rivojlantirmoqda.

Ushbu muassasalarni Chichvarkin 2010 yildan beri ikkala loyihani boshqarib kelayotgan rafiqasi Tatyana Fokina va Timur Artemyev bilan birgalikda ochgan. Tadbirkor ularga 31 million funt sterling sarmoya kiritgan, bu o’tgan yilning yanvar oyidagi kurs bo’yicha taxminan 2,6 mlrd rublni tashkil etadi. Buyuk Britaniyada muassasalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda: 2018 yilda “Hide” restorani mamlakatdagi eng yaxshi 100 ta restoran ro’yxatida 34-o’rinni egallagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi