Rossiya chet elliklarning vizasiz kirishi uchun ruID ilovasini ishga tushirdi
Uning yordamida cheklovlarni tekshirish va davlat xizmatlaridan foydalanish uchun raqamli profilni rasmiylashtirish mumkin

Rossiya chet el fuqarolari uchun mo‘ljallangan yangi ko‘p tilli ruID mobil ilovasini ishga tushirdi.
Uning yordamida mamlakatga vizasiz kirish uchun ariza topshirish, cheklovlar mavjudligini tekshirish va davlat xizmatlaridan foydalanish uchun raqamli profil yaratish mumkin.
Ilovani RuStore, Google Play, AppGallery va App Store’dan yuklab olish mumkin.
Ilovada ingliz, arman, qozoq, qirg‘iz, rus, tojik, o‘zbek tillari mavjud.
Kirish uchun ariza qanday topshiriladi:
- ilovada ro‘yxatdan o‘tish (elektron pochta yetarli, Rossiya telefon raqami shart emas);
- kirishdan kamida 72 soat oldin safar maqsadi va shaxsiy ma’lumotlarni ko‘rsatish (istisno hollarda – chegarani kesib o‘tishdan 4 soat oldin);
- rasm, hujjat surati va ovozli yozuvni yuklash;
- ma’lumotlarni tekshirish yakunlanishini kuting.
Ariza Belarus fuqarolari, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, diplomatlar va Rossiyada akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari uchun talab qilinmaydi.
Taqdim etilgan ma’lumotlar asosida chet el fuqarosining raqamli profili yaratiladi, SNILS va Davlat xizmatlarida standart hisob qaydnomasi shakllantiriladi. Bu ma’lumotlar, masalan, SIM kartani rasmiylashtirish uchun kerak bo‘ladi. Kelgusida mavjud xizmatlar ro‘yxati kengaytiriladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ