O’zbekiston va Rossiya o’zaro tovar ayirboshlashini $30 mlrdga yetkazadi

Buning uchun O'zbekistonning Rossiyadagi savdo vakolatxonasi ishga tushiriladi

O’zbekiston va Rossiya o’zaro tovar ayirboshlashini $30 mlrdga yetkazadi

O’zbekiston va Rossiya yaqin kelajakda o’zaro tovar ayirboshlashini $30 mlrdga yetkazishga kelishib oldilar. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu vazifaga erishish uchun O’zbekistonning Rossiyadagi to’liq savdo vakolatxonasi ishga tushiriladi.

Rossiya va O’zbekiston prezidenti o’rtasidagi uchrashuvda energetika, metallurgiya, neft-kimyo, mashinasozlik, tog’-kon sanoati, qishloq xo’jaligi, logistika, farmatsevtika, sun’iy intellekt va boshqa sohalardagi sanoat kooperatsiyasining $20 mlrddan ziyod yangi loyihalari ishlab chiqildi. Ushbu loyihalarni ilgari surish uchun qo’shma investitsiya platformasi yaratilmoqda. 

Energetika sohasida gaz transporti tizimini modernizatsiya qilish, gaz, neft va neft mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish hamda uglevodorodlarni qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
/
O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
/
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi
/
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi