O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo hajmi $30 mlrdga yetkaziladi

Tomonlar energetika, sanoat va logistika yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga kelishdi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo hajmi $30 mlrdga yetkaziladi

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya hukumati rahbari Mikhail Mishustin o‘zaro savdo hajmini 2030-yilgacha $30 mlrdga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Muzokaralar Moskvada o‘tgan qo‘shma hukumatlararo komissiyaning oltinchi yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ikki barobarga oshib, $13 mlrddan oshdi. 2026-yilning dastlabki ikki oyida esa bu ko‘rsatkich yana 30%ga ko‘paydi. Tomonlar yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Hozirda O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi 3,2 mingta korxona faoliyat yuritmoqda. 150 ta qo‘shma loyiha bo‘yicha umumiy investitsiya portfeli $44 mlrdni tashkil etadi, shundan $5 mlrd qismii allaqachon o‘zlashtirilgan. Hamkorlik energetika, yengil va kimyo sanoati, tog‘-kon, metallurgiya, telekommunikatsiya hamda raqamlashtirish sohalarini qamrab oladi.

Energetika yo‘nalishida Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi qurilishi doirasida beton ishlari boshlangan. Loyihada yirik va kichik quvvatli AESlarni bir maydonda joylashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, Rossiyadan neft va gaz yetkazib berishni oshirish, yangi quduqlar qazish va gaz transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Sanoat sohasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida uchinchi mis boyitish fabrikasi ishga tushirildi, to‘rtinchisini qurish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, temiryo‘l texnikalari — vagonlar, lokomotivlar va metro poyezdlarini ishlab chiqarish bo‘yicha klaster tashkil etilmoqda.

Hududlarda qo‘shma sanoat zonalari ham rivojlanmoqda. Jumladan, Toshkent, Jizzax, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi texnoparklar minglab ish o‘rinlari yaratishi kutilmoqda. Transport sohasida esa haftalik muntazam aviaqatnovlar soni 367 taga yetgan.

Ta’lim yo‘nalishida O‘zbekistonda Rossiyaning 15 ta oliy ta’lim muassasasi filiallari faoliyat yuritmoqda. Turizm sohasida ham ijobiy o‘sish kuzatilib, o‘tgan yili mamlakatga qariyb 1 mln nafar rossiyalik tashrif buyurgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Navoiyuran” daromadi 2025-yilda $1,1 mlrdga yetdi
/
“Navoiyuran” daromadi 2025-yilda $1,1 mlrdga yetdi
Markaziy bank mart oyida 20 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘lladi
/
Markaziy bank mart oyida 20 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘lladi
O‘zbekistonliklar Germaniyaga qassoblik bo‘yicha ishga taklif etilmoqda
/
O‘zbekistonliklar Germaniyaga qassoblik bo‘yicha ishga taklif etilmoqda