Rossiya benzin eksportini vaqtincha taqiqlashni yil oxirigacha uzaytirdi

Taqiq AI-80 va AI-98 markali benzinga, shu jumladan birja savdolarida sotib olingan benzinga tegishli bo'ladi

Rossiya benzin eksportini vaqtincha taqiqlashni yil oxirigacha uzaytirdi

Rossiya benzin eksportini vaqtincha taqiqlashni joriy yilning 31 dekabriga qadar uzaytirdi. Bu 13 avgustdagi qarordan ma’lum bo’ldi.

May va iyul oylari orasida bozorda ortiqcha yoqilg’i tufayli taqiq vaqtincha to’xtatilgan edi. 

Qaror davom etayotgan mavsumiy talab va neftni qayta ishlash zavodlarida rejalashtirilgan ta’mirlash sharoitida yoqilg’i bozorida barqarorlikni ta’minlash uchun qabul qilindi. 

Taqiq AI-80 va AI-98 markali benzinga, shu jumladan birja savdolarida sotib olingan benzinga tegishli bo’ladi. 

Cheklovlar xalqaro shartnomalar, shu jumladan Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqi davlatlari bilan tuzilgan shartnomalar, shaxsiy foydalanish uchun eksport va xalqaro gumanitar yordam uchun yetkazib berish uchun qo’llanilmaydi.

Avvalroq, Rossiya sentyabr va oktyabr oylarida benzin eksporti taqiqini uzaytirgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan esdalik tangalari savdoga chiqarildi
/
Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan esdalik tangalari savdoga chiqarildi
Yangi bojxona mexanizmi orqali $500 mln investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
/
Yangi bojxona mexanizmi orqali $500 mln investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston milliy kompaniyalari aksiyalari ilk bor London fond birjasida joylashtiriladi
/
O‘zbekiston milliy kompaniyalari aksiyalari ilk bor London fond birjasida joylashtiriladi