Raqobat qo‘mitasi Toshkent shahridagi bir necha ovqatlanish shoxobchalar faoliyatini o‘rgandi

Xususan, “Bon!”, “Cakelab” kabi restoran tarmoqlarida o‘zbek tilidagi menyu taqdim etilishi belgilandi

Raqobat qo‘mitasi Toshkent shahridagi bir necha ovqatlanish shoxobchalar faoliyatini o‘rgandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoq va boshqa axborot resurslarida respublikamizda faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari xizmatlaridan norozilik bildirilgan murojaatlar o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar davomida xo‘randalarga taqdim etilayotgan taomnoma xorijiy tillarda ya’ni rus, ingliz, turk, xitoy va boshqa tillarda ekanligi aniqlandi.

Jumladan, Toshkentdagi “Basri Baba” turk taomlari restorani  mas’ullarini jalb qilgan holda o‘rganilganda taomnoma faqat turk tilida ekanligi, ushbu holat xo‘randalarda birmuncha qiyinchilik tug‘dirayotgani o‘z tasdig‘ini topdi. O‘rganish natijasida restoran tomonidan taomnoma ma’lumotlari davlat tilida tayyorlanib, qo‘shimcha xorijiy tillarda ham berilishi ta’minlandi.

“China Chuan Chuan” MCHJga qarashli xitoy taomlari restoranida xo‘randalarga xorijiy tilda munosabatda bo‘linayotganligi  yuzasidan tushgan murojaat o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida qonunbuzilish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan. Endilikda restoranda davlat tilida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyat boshlagani hamda  rus va xitoy tillarida tuzilgan taomnomalar o‘zbek tilidagi tarjimasida xo‘randalarga berilishi ta’minlandi. 

Shuningdek, Toshkentdagi “MIRZO-BOBUR” MCHJga qarashli “Bon!” kafesi xodimlari tomonidan mijozlarga rus tilida xizmat qilinayotgani  bo‘yicha ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan murojaat ham o‘rganildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, kafening 26 ta shoxobchasida taomnomalar xo‘randalarning talabiga asosan davlat tilida, shuningdek rus va ingliz tillarida taqdim etilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoq orqali “Cakelab” qandolat restorani tarmoqlarining taomnomasida rus tilida ma’lumotlar berilayotgani ham tanqid qilingan. Mazkur masala restoran mas’ullarini jalb qilgan holda ijobiy hal etilib, taomnomalar davlat tiliga muvofiqlashtirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi 12 ming so‘mga yaqinlashdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 ming so‘mga yaqinlashdi
O‘zbekistonda sun’iy intellekt tizimiga $100 mlndan investitsiya kiritganlarga imtiyozlar beriladi
/
O‘zbekistonda sun’iy intellekt tizimiga $100 mlndan investitsiya kiritganlarga imtiyozlar beriladi
Yil yakuniga qadar barcha viloyat markazlarida “Aqlli shahar tizimi” joriy qilinadi
/
Yil yakuniga qadar barcha viloyat markazlarida “Aqlli shahar tizimi” joriy qilinadi