O‘zbekistonda 1-martdan renovatsiya loyihalarini boshlashga notarial bitim kerak bo‘ladi

Buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi

O‘zbekistonda 1-martdan renovatsiya loyihalarini boshlashga notarial bitim kerak bo‘ladi

Avval xabar berilganidek, 21-fevral kuni “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan qurilishni boshlashdan foydalanishga ruxsatnoma berishga qadar bo‘lgan jarayonlar to‘liq onlayn rejimida “Shaffof qurilish” tizimida amalga oshiriladi. 

Shuningdek, qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uy-joydan foydalanishga ruxsatnoma berishda faqat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, hamda davlat yong‘in nazorati organlaridan xulosa olinadi.

Inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tgan va u tomonidan nazorat qilinadigan ko‘p kvartirali uy-joylarni foydalanishga ruxsatnoma berishdan oldin instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi.

2025-yil 1-martdan renovatsiya asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo etishda renovatsiya loyihasini boshlashga barcha mulkdorlar bilan notarial tasdiqlangan kelishuv bitimi imzolanganidan so‘ng ruxsat beriladi. 

Shundan so‘ng, mulkdorlarga, ularning xohishiga ko‘ra, quyidagi kompensatsiya turlaridan biri taqdim etiladi:

  • buzilayotgan turarjoy obyektlari o‘rniga ularning maydonidan kam bo‘lmagan renovatsiya dasturiga muvofiq yangi quriladigan turarjoylardan yashash uchun tayyor holdagi kvartiralarni mulk huquqi asosida berish hamda qurilish davrida ko‘chish, shu jumladan, boshqa turarjoy obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplash;
  • buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymatini to‘liq qoplab berish;
  • renovatsiya loyihasi tashabbuskori bilan kelishilgan holda boshqa turdagi kompensatsiyani taqdim etish.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Fond birjasi “Toshkent yog‘-moy kombinati” aksiyalari bilan savdolarni to‘xtatdi
/
Fond birjasi “Toshkent yog‘-moy kombinati” aksiyalari bilan savdolarni to‘xtatdi
O‘zbekistonda iyena va yuandan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda iyena va yuandan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushdi
ILMA “City Pay Gate”ga kriptoaktivlar bilan ishlash uchun litsenziya berdi
/
ILMA “City Pay Gate”ga kriptoaktivlar bilan ishlash uchun litsenziya berdi