IT va fintech kompaniyalarga R&D uchun bojxona imtiyozlari beriladi
Jamoatchilik kengashida ekspertlik guruhlari tashkil qilish rejalashtirildi
Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni faol tadbirkorlar bilan uchrashdi. Videoselektor yig‘ilishida sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yil yakunlari va 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilingan.
IT, fintex, innovatsiyalar, telekommunikatsiya kabi sohalarni xususiy korxonalar tez rivojlantirmoqda.
O‘zbekistonda bunday kompaniyalar ko‘payishi uchun tadqiqot markazlari (R&D)da laboratoriya jihozlari, texnologik uskunalarni bojsiz olib kelishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, IT, fintex, tadbirkorlikni moliyalashtirish, eksport, turizm, xizmatlar, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish kabi dolzarb masalalar bo‘yicha Jamoatchilik kengashida ekspertlik guruhlarini tashkil qilish kerakligini ta’kidladi.
Qayd etilishicha,oxirgi 3 yilda Bojxona kodeksining 100 dan ortiq moddasiga o‘zgartirish kiritildi. Lekin uning qoidalari ham Jahon savdo tashkiloti, ham tadbirkorlarning talabiga mos emas. Shu munosabat bilan har tomonlama yangilangan Bojxona kodeksi loyihasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Avvalroq “Kapital.uz” Prezident matbout xizmatiga tayanib, 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xulosalarni jamlagan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ