Raqobat qo‘mitasi davlat tili yo‘qligi haqidagi shikoyat tufayli “VFS Global” ni tekshirishni boshladi

Idoraga viza markazi faqat rus va ingliz tillarida ish yuritayotgani haqida shikoyat kelib tushgan

Raqobat qo‘mitasi davlat tili yo‘qligi haqidagi shikoyat tufayli “VFS Global” ni tekshirishni boshladi

Raqobat qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida reklama va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

So‘nggi vaqtlarda Qo‘mitaga viza rasmiylashtirish xizmatlari bilan bog‘liq murojaatlar, xususan, viza markazlari va konsalting firmalarining faoliyatida davlat tiliga rioya qilinmayotgani yuzasidan fuqarolardan ko‘plab e’tirozlar kelib tushmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyatidan fuqaro X.Eshonqulov “VFS Global” vakolatxonasi xizmatlarida (ovozli menyu, operatorlar, hujjatlar) davlat tili qo‘llanilmayotgani hamda ish yuritish hujjatlarining faqat rus va ingliz tillarida bo‘layotganidan noroziligini bildirgan.

“Davlat tili haqida”gi Qonun talablaridan kelib chiqib, ushbu holat bo‘yicha Qo‘mita tomonidan kompaniyaga tegishli choralar ko‘rish va 10 kun ichida javob taqdim etish yuzasidan rasmiy murojaat yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasida o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bo‘lib, “Davlat tili haqida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan uning qo‘llanilishi qat’iy tartibga solingan.

Qo‘mita tomonidan ushbu holat bo‘yicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rilmoqda hamda davlat tilida iste’molchilarga to‘liq va tushunarli axborot taqdim etilishini ta’minlash masalasi nazoratga olingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Endilikda dam olmay avtomobil boshqargan havdovchilarga jarima qo‘llanilishi mumkin
/
Endilikda dam olmay avtomobil boshqargan havdovchilarga jarima qo‘llanilishi mumkin
Toshkent viloyatida “O‘zenergokabel”ga tegishli binolar auksionga qo‘yildi
/
Toshkent viloyatida “O‘zenergokabel”ga tegishli binolar auksionga qo‘yildi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi