Raqobat qo‘mitasi Ramazon arafasida savdo tarmoqlarini narxlar barqarorligi bo‘yicha ogohlantirdi

Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini asossiz oshirmaydi

Raqobat qo‘mitasi Ramazon arafasida savdo tarmoqlarini narxlar barqarorligi bo‘yicha ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi Ramazon oyi arafasida yirik savdo tarmoqlari hamda hududlardagi savdo komplekslarini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqaror saqlash masalasida ogohlantirdi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Ramazon kunlarida ichki bozorlarda narx-navoning barqarorligini ta’minlash muhimligini ta’kidlab, tegishli topshiriqlar bergan. Shunga muvofiq, chakana savdo tarmoqlari va savdo komplekslariga mahsulot yetkazib beruvchi korxonalarga narxlarning o‘zgarishi, logistika xarajatlari va narx oshishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa omillar haqida qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish yuzasidan ko‘rsatmalar yuborildi.

Shuningdek, yetkazib beruvchilarga asossiz narx oshirish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ogohlantirish berish vazifasi yuklatildi. Raqobat qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rib borishini ma’lum qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi Chevrolet Damas Max va Damas Move modellari savdosi boshlandi
/
Yangi Chevrolet Damas Max va Damas Move modellari savdosi boshlandi
Yanvar oyida yangi yengil avtomobillar savdosi 7,2%ga oshdi
/
Yanvar oyida yangi yengil avtomobillar savdosi 7,2%ga oshdi
O‘zbekiston hamkor davlatlar bilan ichimliklar markirovka kodlarini o‘zaro tan oladi
/
O‘zbekiston hamkor davlatlar bilan ichimliklar markirovka kodlarini o‘zaro tan oladi