O‘zbekistonda raqamli aktivlar bozori uchun litsenziya berish tartibi kuchaytirildi
Regulyator kompaniyalarga asoslantirilgan xulosa asosida rad javobini berishi mumkin
Фото: Unsplash/Pierre Borthiry
O‘zbekistonda raqamli aktivlar bozori ishtirokchilariga ruxsatnoma berish qoidalariga kiritilgan qo‘shimchalar kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yangilangan reglamentga muvofiq, “asoslantirilgan xulosa” mexanizmi joriy etildi. Mazkur mexanizm doirasida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPП) ariza beruvchining belgilangan talablarga muvofiqligini professional baholash asosida aniqlaydi. Bunda kompaniya faoliyatining real mazmuni formal ko‘rsatkichlardan ustun qo‘yiladi.
“Asoslantirilgan xulosa”ni shakllantirishda regulyator nazorat tadbirlari jarayonida olingan ma’lumotlar, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan axborotlar hamda xalqaro tashkilotlar hisobotlaridan foydalanadi. Shuningdek, davlat organlari, xorijiy regulyatorlar va ochiq manbalardagi materiallar ham tahlil qilinadi.
Manfiy “asoslantirilgan xulosa” chiqarilishi litsenziya berishni rad etish uchun rasmiy asos bo‘ladi.
Avvalroq mazkur o‘zgartirishlar loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirilgan edi. Unda benefitsiarlarning ishbilarmonlik obro‘siga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish hamda kompaniyalarni mijozlarni investitsiyalarni to‘liq yo‘qotish xavfi haqida ogohlantirish majburiyatini joriy etish taklif qilingan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ