Ramazon oyida muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Mablag‘lar “Vaqf” xayriya jamoat fondi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali taqsimlanadi

Ramazon oyida muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

19-fevraldan boshlanadigan Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekistonda ehtiyojmand fuqarolarga yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda 16-fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda so‘z bordi.

Ma’lum qilinishicha, “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” shiori ostida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularni amalga oshirish uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 mlrd so‘m, Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratilmoqda.

Ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish, nogironligi bor shaxslarning davolanish va jarrohlik amaliyotlari xarajatlarini qoplab berish ko‘zda tutilgan, — deyiladi xabarda.

Xotin-qizlarni buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilish

Yig‘ilishda prezident xotin-qizlarni buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni har tomonlama ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash zarurligiga e’tibor qaratdi.

Ilgari u turli radikal va ekstremistik g‘oyalar axborot texnologiyalari orqali yoshlar ongiga ta’sir o‘tkazishga urinayotgan bir sharoitda bu muammoni faqat jazolash va taqiqlash bilan hal qilib bo‘lmasligini ta’kidlagan edi.

Shavkat Mirziyoyev yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan insonlarni ijtimoiylashtirish, ularga moddiy yordam berish, oilasi bilan individual ishlash, tibbiy va psixologik ko‘maklashish, kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Har bir mahallada ehtiyojmand oilalarning aniq va shaffof ro‘yxatini shakllantirish, yordamlarni fuqarolarning dini, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, teng va adolatli tarzda yetkazish shartligi ta’kidlandi, — deyiladi xabarda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent shahri hokimligi ko‘chalardagi chuqurlarning ko‘payishiga izoh berdi
/
Toshkent shahri hokimligi ko‘chalardagi chuqurlarning ko‘payishiga izoh berdi
O‘zbekistonning birinchi “Mirzo Ulugʻbek” sun’iy yo‘ldoshi 2028-yilda koinotga uchirilishi mumkin
/
O‘zbekistonning birinchi “Mirzo Ulugʻbek” sun’iy yo‘ldoshi 2028-yilda koinotga uchirilishi mumkin
Prezident “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturini tasdiqladi
/
Prezident “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturini tasdiqladi