2025-yilda “Quyoshli xonadon” orqali aholiga 209 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

Eng katta mablag‘ Xorazm, Qoraqalpog‘iston va Buxoro viloyatlariga to‘g‘ri keldi

2025-yilda “Quyoshli xonadon” orqali aholiga 209 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

2025-yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonda 45 381 nafar fuqaro “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida davlat budjetidan subsidiya oldi. Elektr tarmoqlariga uzatilgan quyosh energiyasi uchun jami 209 mlrd 201 mln so‘m mablag‘ to‘landi. To‘lovlar 268,7 mingta subsidiya operatsiyasi orqali amalga oshirildi.

Mazkur subsidiyalar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va aholi o‘rtasida muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirishni maqsad qilgan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida ajratilgan. Dastur aholining quyosh panellaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

Hududlar kesimida eng ko‘p subsidiya Xorazm viloyatiga to‘g‘ri keldi. Bu hududda quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun 55,4 mlrd so‘m to‘langan. Ikkinchi o‘rinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lib, u yerda 29,1 mlrd so‘m subsidiya ajratilgan. Buxoro viloyatida esa bu ko‘rsatkich 25,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, 2023-yil 1-apreldan boshlab quyosh panellari orqali ishlab chiqarilib, yagona elektr tarmog‘iga uzatilgan har bir 1 kVt/soat elektr energiyasi uchun 1000 so‘m miqdorida subsidiya belgilangan. Ushbu mablag‘lar “Soliq” mobil ilovasi orqali fuqarolarning bank kartalariga o‘tkazib beriladi.

Dastur mamlakatda “yashil” energiyani rivojlantirish, aholining elektr xarajatlarini kamaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
/
O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
/
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi
/
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi