2025-yildan ayrim quyosh panellarini import qilish taqiqlanadi

Ro’yxat Energetika vazirligi va Bojxona qo‘mitasi tomonidan e’lon qilinadi

2025-yildan ayrim quyosh panellarini import qilish taqiqlanadi

2025-yil 1-yanvardan O‘zbekistonga BNEF Tier-1 xalqaro ro‘yxatiga kiritilmagan kompaniyalardan quyosh panellari, invertorlar va elektr energiyasini saqlash tizimlarini import qilish taqiqlanadi. Bu haqda “Gazeta.uz”  prezidentning 11 sentyabrdagi farmoniga asoslanib xabar berdi.

Hujjatga ko’ra, BNEF Tier-1 ro‘yxati Energetika vazirligi va Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytlari muntazam e’lon qilinishi har oyda yangilab borilishi kerak. Lekin vazirlik va qo’mita tomonidan bu bo’yicha hali xabar berilmagan.

Ma’lumot uchun, BNEF Tier-1 ro’yxati — bu qayta tiklanadigan energiya bilan shug‘ullanadigan Bloomberg analitik gigantining bo‘linmasi bo‘lgan “Bloomberg New Energy Finance Corp” (BNEF) tomonidan yaratilgan reyting. Ro‘yxatni aniqlashda “Bloomberg” kompaniyaning uskunalari yoki xizmatlarini baholamaydi, balki uning kredit qobiliyati va kredit olish uchun bank talablariga muvofiqligini baholaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xitoy IT-mutaxassislarni jalb qilish uchun yangi vizani joriy etdi
/
Xitoy IT-mutaxassislarni jalb qilish uchun yangi vizani joriy etdi
ACWA Power va Larsen & Toubro O‘zbekistonda ikkita quyosh elektr stansiyasi quradi
/
ACWA Power va Larsen & Toubro O‘zbekistonda ikkita quyosh elektr stansiyasi quradi
O‘zbekiston Xalqaro elektrotexnika komissiyasi a’zosiga aylandi
/
O‘zbekiston Xalqaro elektrotexnika komissiyasi a’zosiga aylandi