O’zbekistonda modulli mehmonxonalar qurilishiga subsidiyalar beriladi

Mehmonxona toifasidan qat'i nazar, har bir joy uchun to'lov miqdori 1 mln so'mni tashkil etadi

O’zbekistonda modulli mehmonxonalar qurilishiga subsidiyalar beriladi

Joriy yilning 1 oktyabridan 2026 yil 31 dekabriga qadar turizmni rivojlantirish jamg’armasidan tadbirkorlarning modulli mehmonxonalarni qurish va ta’mirlash bilan bog’liq xarajatlarining bir qismini qoplash uchun bir martalik subsidiya ajratiladi (rekonstruksiyadan tashqari). Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Joriy yilning 13 sentabr kuni Vazirlar Mahkamasining modulli mehmonxonalarni qurish va jihozlash uchun subsidiyalar berishning vaqtinchalik qoidalarini tasdiqlash to’g’risidagi qarori qabul qilindi.

Ushbu subsidiyalar 2024-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-noyabrgacha muvofiqlik sertifikatiga ega bo’lgan yangi tashkil etilgan modulli mehmonxonalarga beriladi. Subsidiya olish uchun mehmonxonada kamida 10 ta modul bo’lishi kerak va to’lov miqdori mehmonxona toifasidan qat’i nazar, har bir joy uchun 1 mln so’mni tashkil etadi. 

Hujjat shuningdek quyidagilarni belgilaydi:

  • subsidiyani talab qiladigan tadbirkorlik subyektlariga qo’yiladigan talablar;
  • subsidiya olish uchun ariza berish va rasmiylashtirish tartibi;
  • subsidiya berishni rad etish uchun asoslar;
  • tadbirkorlarga subsidiyalarni o’tkazish tartibi.

Subsidiya olish uchun tadbirkor soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha qarzdor bo’lmasligi kerak. Modulli mehmonxona subsidiya olgandan keyin kamida besh yil ishlashi shart. 

Subsidiyalar uchun arizalar YAIDXP orqali topshiriladi, arizaga muvofiqlik sertifikatining nusxasi va mehmonxona joylashgan yer uchastkasiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. 

Turizm qo’mitasi arizani 15 ish kuni ichida ko’rib chiqadi, bo’lim xodimi ko’rib chiqish joyiga boradi. Tekshiruv natijalariga ko’ra subsidiya ajratish yoki uni rad etish to’g’risida qaror qabul qilinadi.

Hujjat 2024-yil 13-sentabrda kuchga kirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Moskva markazidagi “Wildberries” ofisida otishma sodir bo’ldi
/
Moskva markazidagi “Wildberries” ofisida otishma sodir bo’ldi
Germaniya o’zbekistonliklar uchun ishchi vizalar berish jarayonini soddalashtirishni rejalashtirmoqda
/
Germaniya o’zbekistonliklar uchun ishchi vizalar berish jarayonini soddalashtirishni rejalashtirmoqda
O’zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o’sishda davom etmoqda
/
O’zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o’sishda davom etmoqda