O‘zbekistonda qurilish korxonalari soni 54 mingdan oshdi

orxonalar so‘nggi besh yilda 22%ga ko‘paygan

O‘zbekistonda qurilish korxonalari soni 54 mingdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-mart holatiga qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 54 258 tani tashkil etgan.

Ularning so‘nggi besh yilning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:

  • 2021 yil – 44 320 ta;
  • 2022 yil – 46 433 ta;
  • 2023 yil – 50 324 ta;
  • 2024 yil – 53 282 ta;
  • 2025 yil – 54 258 ta;

2025-yil yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 11,6 mlrd so‘m qiymatidagi qurilish ishlari bajarildi, bu jami qurilish ishlarining 99% ni tashkil etadi.

Fevral oyida Senat tomonidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, 500 kvadrat metr va undan katta qurilish maydonida hamda unga tutash hududlarda chang ko‘tarilishi yoki atmosfera havosining me’yordan ortiq ifloslanishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga 10 barobar BHM miqdorida jarima solinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
/
O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
/
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi