Qurilish vazirligi binosi auksionda 182 mlrd so‘mga sotildi

Poytaxtdagi obyektning yangi egasi uy-joy qurilishiga ixtisoslashgan O’zshahar Qurilish Invest kompaniyasi bo‘ldi

Qurilish vazirligi binosi auksionda 182 mlrd so‘mga sotildi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga tegishli yetti qavatli binoni sotish bo‘yicha savdolar yakunlandi. Bu haqda E-auksion platformasida ma’lumot e’lon qilindi.

Bino umumiy maydoni 11 725 kvadrat metrni tashkil etadi. Yer uchastkasi 0,48 gektar bo‘lib, uning 0,12 gektari ijara huquqi asosida beriladi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, yangi mulkdor obyektni shaharsozlik hujjatlariga muvofiq ofislar va xizmat ko‘rsatish sohasi uchun foydalanishi lozim.

Lotning boshlang‘ich narxi 130 mlrd 341 mln so‘m etib belgilangan. Auksion bir soatdan biroz ko‘proq davom etib, shu vaqt ichida ishtirokchilar tomonidan sakkizta taklif berildi.

Eng yuqori — 182 mlrd 477 mln 561 ming so‘m miqdoridagi taklifni O’zshahar Qurilish Invest mas’uliyati cheklangan jamiyati taqdim etdi.

Orginfo ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 2017-yil 26-yanvarda Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Korxonaning ustav kapitali 1 mlrd so‘mni tashkil etadi, asosiy faoliyat turi sifatida turar joy binolarini qurish ko‘rsatilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Burger King Toshkentda ilk filialini ochdi
/
Burger King Toshkentda ilk filialini ochdi
Yuksalish” harakati O‘zbekiston eng muvaffaqiyatli va yosh tadbirkorlar reytingini e’lon qildi
/
Yuksalish” harakati O‘zbekiston eng muvaffaqiyatli va yosh tadbirkorlar reytingini e’lon qildi
Jahon banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun $105 mln ajratadi
/
Jahon banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun $105 mln ajratadi