O’zbekiston qurilish materiallarini $450 mlndan ortiq mablag’ga eksport qildi

Rossiya, Qozog'iston va Tojikiston xaridlar bo'yicha yetakchi o'rinni egalladi

O’zbekiston qurilish materiallarini $450 mlndan ortiq mablag’ga eksport qildi

Prezidentimiz qaroriga muvofiq joriy yil uchun qurilish materiallari va xizmatlari eksportining rejalashtirilgan ko’rsatkichlari $1,1 mlrd miqdorida belgilandi. Bu haqda “O’zsanoatqurilishmateriallari” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yanvar-iyul oylarida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti $453,4 mlnni tashkil etdi, bu rejalashtirilganidan 8,8%ga ko’pdir. Ushbu ko’rsatkichlar $138,8 mlnlik metall buyumlar, $62,5 mlnlik PVXlik profillar, oluklar va armaturalar, $41,9 mlnlik rangli qog’oz, $34,6 mlnlik keramik plitkalar va mahsulotlar , $29,3 mlnlik quruq qurilish aralashmalari, $26,1 mlnlik alyuminiy profillar va panellar va $21,5 mln tabiiy pardozlash toshlarini o’z ichiga oladi. $21,5. 

Qo’shni respublikalar asosiy eksport yo’nalishlari bo’lib qolmoqda, ular umumiy eksport hajmining taxminan 54%ni tashkil qiladi. Mamlakat Rossiyaga qurilish materiallarini eng ko’p yetkazib berdi — $119,3 mln, ikkinchi o’rinda Qozog’iston — $105,7 mln, uchinchi o’rinda Tojikiston — $58,2 mln.

Qolgan mamlakatlar ro’yxati quyidagicha:

  • Qirg’iziston — $50,3 mln;
  • Belarusiya — $17,3 mln;
  • Turkmaniston — $10,9 mln;
  • Ozarbayjon — $9,2 mln;
  • Litva — $6,7 mln;
  • Xitoy — $5,1 mln;
  • Latviya — $4,2 mln.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan selektordan sarhisob
/
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan selektordan sarhisob
“Bag’doddonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
/
“Bag’doddonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
“Toshkent” avtovokzalidan hududlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi
/
“Toshkent” avtovokzalidan hududlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi