Qozog‘istonda “CryptoCity” nomli kripto-shahar quriladi

Hududda kriptovalyutalar bilan hatto ko‘chmas mulk xarid qilish imkoniyati yaratiladi

Qozog‘istonda “CryptoCity” nomli kripto-shahar quriladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo‘mart Toqayev mamlakatda “CryptoCity” nomli pilot zona tashkil etilishini e’lon qildi. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar bermoqda.

Ushbu hududda kriptovalyutalar bilan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov qilish, investitsiya kiritish, hatto ko‘chmas mulk xarid qilish imkoniyati yaratiladi.

Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jhaslan Madiyevning aytishicha, “CryptoCity” ehtimoliy joylashuv nuqtasi sifatida yangi qurilayotgan Alatau shahri ko‘rilmoqda.

“CryptoCity” hududida kriptovalyuta to‘lov vositasi sifatida qo‘llaniladi – fuqarolar undan restoran va kafelarda to‘lov qilish, ko‘chmas mulk xarid qilish yoki investitsiya kiritishda foydalanishlari mumkin. Ushbu hududda kriptovalyutalar erkin muomalada bo‘ladi va ularga nisbatan qulay va quvvatlovchi qonunchilik joriy etiladi, — dedi vazir.

“CryptoCity” uchun maxsus qonuniy asoslar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Bu tajriba Qozog‘istonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM