Xitoy kompaniyasi Qozog‘istonda ikkita atom elektr stansiyasi quradi

Hozirda loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda

Xitoy kompaniyasi Qozog‘istonda ikkita atom elektr stansiyasi quradi

Xitoy Qozog‘istonda ikkita atom elektr stansiyasi (AES) quradi. Bu haqda mamlakat bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Shuning uchun qurilishning aniq narxi hali noma’lum.

Hukumatlararo kelishuv va hamkorlik shakli bo‘yicha barcha masalalar kelishish bosqichida, keyinchalik ular parlamentda tasdiqlanadi, dedi Qozog‘iston hukumati rahbarining birinchi o‘rinbosari.

Hozirda mutaxassislar stansiyalar joylashadigan hududlarni o‘rganmoqda. Bunda suv ta’minoti va elektr energiyasi manbalarining mavjudligi muhim mezon sifatida ko‘rilmoqda.

Loyihani amalga oshiruvchi Xitoy kompaniyasining nomi rasman oshkor etilmagan. Biroq bu ishlarni ilgari “Rosatom” bilan birgalikda konsorsiumlarga rahbarlik qilgan China National Nuclear Corporation (CNNC) bajarishi mumkin.

Qozog‘istonda birinchi AES qurish to‘g‘risidagi qaror 2024-yilgi referendumda qabul qilingan edi. 2025-yilning iyun oyida Atom energiyasi agentligi uchta stansiyaning birinchisini “Rosatom” qurishi haqida xabar bergan.

Obyektni Olmaota viloyatida (Jambil tumanining Balxash ko‘li qirg‘og‘idagi Ulken posyolkasida) joylashtirish mo‘ljallangan. Uni 2035-2036-yillarda ishga tushirish rejalashtirilgan. 2035-yilga borib Qozog‘iston hukumati 2,4 gigavatt yadroviy quvvatni ta’minlashni maqsad qilgan.

Dunyodagi eng yirik uran ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Qozog‘iston hozirda o‘z atom elektr stansiyalariga ega emas va yadroviy sikl mahsulotlarini iste’mol qilmaydi. Biroq uning konlaridagi uran zaxiralari dunyo zaxiralarining taxminan 15% ini tashkil etib, faqat Avstraliyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzbekistan Airways Toshkent va Andijon o‘rtasida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi
/
Uzbekistan Airways Toshkent va Andijon o‘rtasida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi
Alisher Usmonovning boyligi 2025 yil boshidan beri $3,1 mlrdga oshdi
/
Alisher Usmonovning boyligi 2025 yil boshidan beri $3,1 mlrdga oshdi
Sea Breeze Uzbekistan kompaniyasiga yangi talablar joriy etiladi
/
Sea Breeze Uzbekistan kompaniyasiga yangi talablar joriy etiladi