O‘zbekistonda usta dehqonlarga 75 mln so‘mgacha subsidiya va garovsiz kreditlar ajratiladi

Bundan tashqari, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun garovsiz kreditlar hajmi oshirildi

O‘zbekistonda usta dehqonlarga 75 mln so‘mgacha subsidiya va garovsiz kreditlar ajratiladi

Prezidentning 2026-yilda hududlarni yangi yondashuvlar asosida rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun qator yangi moliyaviy mexanizmlar joriy etilmoqda.

Qarorga ko‘ra, yuqori daromadli mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan usta dehqonlarga subsidiyalar ajratiladi. Xususan, har 10 ta xonadonni ma’lum yo‘nalishga ixtisoslashtirgani uchun 2 mln so‘m, mahalladagi xonadonlarning kamida 30%ini ixtisoslashtirgan taqdirda esa 75 mln so‘mgacha subsidiya beriladi.

Shuningdek, tomorqa va ijara yerlaridagi samarasiz eski bog‘larni rekonstruksiya qilish va yangi bog‘lar barpo etish ham davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bunda sertifikatlangan mevali ko‘chatlar, tayanch ustunlar hamda tomchilatib sug‘orish yoki yomg‘ir suvini yig‘ish tizimlarini o‘rnatish xarajatlarining bir qismi subsidiya sifatida qoplanadi.

Suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlarda esa tomorqa va ijara yerlarini sug‘orish uchun tik quduqlar burg‘ilash va kamida 10 kVt quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatish xarajatlarining 70%igacha, ammo 200 mln so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiya ajratilishi belgilandi.

Bundan tashqari, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun garovsiz kreditlar hajmi oshirilmoqda. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga 50 mln so‘mgacha, chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarda naslli chorva va tuya xaridi uchun 100 mln so‘mgacha kredit beriladi. Turizm salohiyati yuqori hududlarda esa uy mehmonxonalari va mahsulotlarni saqlash hamda qayta ishlash uchun 150 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.

Shu bilan birga, ajratiladigan kreditlar bo‘yicha tovar va xizmatlarni oldindan yetkazib berish talabi bekor qilinadi. 2026-yil 1-martdan boshlab “Mahalla loyihasi” doirasida mahsulot yetishtirishga qaratilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining bir qismi, qayta ishlash loyihalari uchun esa yanada yuqoriroq foiz qismi davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2027-yildan boshlab suv tejovchi qurilmalar joriy qilinmaganda 2 barobar soliq undiriladi
/
2027-yildan boshlab suv tejovchi qurilmalar joriy qilinmaganda 2 barobar soliq undiriladi
Transportda xavfsizlik qoidalarini buzish uchun yangi jarimalar belgilandi
/
Transportda xavfsizlik qoidalarini buzish uchun yangi jarimalar belgilandi
Farg‘onada 800 o‘rinli ko‘p tarmoqli shifoxona quriladi
/
Farg‘onada 800 o‘rinli ko‘p tarmoqli shifoxona quriladi