Qoraqalpog‘istonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi $80 mlnlik zavod qurilishi boshlandi
Yangi korxona yiliga 274 ming tonna chiqindini qayta ishlab, 80 mln kVt/soat energiya ishlab chiqaradi va 100 ta ish o‘rni yaratadi
Foto: Chiqindilarni boshqarish agentligi
4-fevral kuni Qoraqalpog‘istonning Nukus tumanida chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi olishga qaratilgan investitsiya loyihasining tamal toshi qo‘yildi, deb xabar bermoqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi.
Zavod agentlik va Xitoyning Beijing China Science Runyu Environmental Technology (CSET) kompaniyasi o‘rtasida chiqindilarni yetkazib berish bo‘yicha imzolangan bitim asosida qurilmoqda.
Qayd etilishicha, loyiha doirasida xorijiy hamkorlar tomonidan $80 mln miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, korxona 30 yil davomida faoliyat yuritadi.
Loyiha yiliga 274 ming tonna qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lib, natijada 80 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha to‘liq ishga tushirilgach, hududda 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Avvalroq Buxoro, Surxondaryo va Namanganda xitoylik investorlar hamkorligida chiqindidan energiya oluvchi zavodlar qurilishi boshlangani xabar berilgan edi. Zavodlar chiqindini yoqish orqali Buxoroda yiliga 230 mln kVt/soat, Surxondaryoda — 75 mln kVt/soat, Nam
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ